Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘l shahri va tumanida «Jihodchilar» oqimi a'zolarining bir guruhi qo‘lga olindi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX Toshkent viloyati boshqarmasi va viloyat IIBB tomonidan Yangiyo‘l shahri va tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Jihodchilar» oqimining bir nechta a'zolaridan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur guruhni tashkil qilgan 4 nafar shaxslar Suriyadagi terroristik tashkilot a'zolari safiga borib qo‘shilgan xolda jangovar harakatlarda ishtirok etgan.
IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ular o‘z navbatida Yangiyo‘l shahar va tumanida yashovchi yaqin tanishlarini ham shu yo‘lga da'vat qilgan holda, Suriya davlatidagi «Tavxid va Jihod katibasi» xalqaro terroristik tashkiloti safiga borib qo‘shilishni rejalashtirishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:59 / 31.07.2025
DXX: Toshkentda sifatsiz dori vositalari to‘xtatib qolindi

10:14 / 29.07.2025
Namanganda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi ushlandi

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

13:27 / 23.07.2025