Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda prezident saylovlari yakunlandi. Ular bo‘lib o‘tgan deb topildi
11 oktyabrda Tojikistonda o‘tgan prezident saylovlari o‘z nihoyasiga yetdi. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 20da yopildi. Saylovlar ovoz beruvchilar ishtiroki 50 foizdan oshgani sababli bo‘lib o‘tgan deb topildi.

Foto: AP
Ayni vaqtda ovozlarni hisoblash boshlangan.
Avvalroq respublikaning markaziy saylov komissiyasida soat 15ga kelib saylovchilar ishtiroki 50 foizdan oshib, 70,7 foizga yetgani (3,4 mlndan ko‘proq saylovchi) sababli saylovlar bo‘lib o‘tgan deb topilgani ta'kidlab o‘tilgan.
Saylovlarda g‘alaba qozonish uchun nomzodlardan biri saylovchilarning kamida 50 foizi ovozini to‘plashi kerak. Bunda saylovlardagi ishtirok 50 foizdan kam bo‘lmasligi belgilab qo‘yilgan.
Prezident lavozimiga 5 nomzod kurash olib bordi: amaldagi prezident Imomali Rahmon, kommunistlardan Miroj Abdulloyev, Sotsialistik partiyadan Abduhalim G‘afforzoda, agrariylardan Rustam Latifzoda va Iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda.
Saylovlarning dastlabki natijalari 12 oktyabrda, yakuniy natijalari esa 10 kun ichida e'lon qilinadi.
Mavzuga oid

23:31 / 27.07.2025
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi

19:22 / 25.07.2025
Konibodomdagi seriyali qotilliklar bo‘yicha to‘rt kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

12:54 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Tojikiston chegaraoldi savdo markazlarini ochish rejalashtirilmoqda

20:51 / 21.07.2025