Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida 13 nafar o‘smir is gazidan zaharlandi
Bugun 19 dekabr kuni soat 06:50 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga is gazidan zaharlangan 13 nafar o‘smir keltirilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahridagi xususiy o‘quv markazlaridan biriga tegishli yotoqxonada gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik mazkur noxush hodisaga sabab bo‘lgan.
Xabarda ma'lum qilinishicha, o‘smirlarning hammasi o‘g‘il bola. Ularning eng kichigi 11, eng kattasi 14 yoshda. Zaharlanganlarning 3 nafari og‘ir, 5 nafari o‘rta og‘ir holda shifoxonaga keltirilgan, qolganlariga ambulator sharoitda tibbiy yordam berilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy xizmatdan keyin ularning barchasining ahvoli yaxshilangan.
Mavzuga oid

07:43 / 24.07.2025
Qashqadaryo viloyatida politexnikum tashkil etiladi - hukumat qarori loyihasi

18:02 / 18.07.2025
Qashqadaryoda haydovchi odamlarni sudrab ketdi

20:53 / 16.07.2025
Qashqadaryoda «metan zapravka»dagi portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

16:16 / 04.07.2025