O‘zbekiston 23,8 ming tonna mandarin import qildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 dekabr holatiga O‘zbekiston 11ta xorijiy davlatdan qiymati 4,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 23,8 ming tonna mandarin import qilgan.

Foto: Getty Images
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, mandarin import hajmi 0,8 ming tonnaga kam.
O‘tgan 11 oy davomida O‘zbekiston mandarin mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Pokiston – 19,5 ming tonna;
- Xitoy – 2,2 ming tonna;
- Turkiya – 1,3 ming tonna;
- Misr – 214,2 tonna;
- Qozog‘iston – 156,3 tonna.
Ma'lumot o‘rnida, 2019 yilning 1 dekabr holatiga O‘zbekiston 24,6 ming tonna mandarin import qilgan.
Mavzuga oid

20:59
O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish oshgani qayd etildi

09:45
O‘zbekistonda 10 yilda xorijlik talabalar soni qariyb 18 barobarga oshdi

21:43 / 28.04.2025
O‘zbekiston ilk marta BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylandi

19:32 / 19.04.2025