O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston milliy jamoasi «Zenit»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
BAAda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini Rossiyaning amaldagi chempioni «Zenit»ga qarshi o‘tkazdi.

Dubayda o‘tgan uchrashuvda Vadim Abramov jamoasi Sergey Semak boshqaruvidagi Sankt-Peterburg klubidan yirik hisobida mag‘lub bo‘lishdi – 0:4.
Raqib jamoa gollaridan ikkitasiga Andrey Mostovoy mualliflik qilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Stanislav Krapuxin va Danil Shamkin ham o‘z nomini tabloga yozib qo‘ydi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. Dubay
O‘zbekiston - «Zenit» (Rossiya) – 0:4
Gollar: Andrey Mostovoy 17, 68, Stanislav Krapuxin 52, Danil Shamkin 80.
O‘zbekiston: Abduvohid Ne'matov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Islom Qobilov (Igor Golban, 78), Hojiakbar Alijonov (Murod Xolmuhammedov, 62), Farrux Sayfiyev, Lutfulla To‘rayev (Akmal Mozgovoy, 37), Sanjar Qodirqulov, Odil Hamrobekov (Nurillo To‘xtasinov, 71), Vagiz Galiulin (Aziz Turg‘unboyev, 37), Oybek Bozorov (Hojimat Erkinov, 37), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Mirjahon Mirahmadov, 62)
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi Dubayda yana ikkita o‘rtoqlik bahsida maydonga tushishi rejalashtirilgan. 15 fevral kuni Iordaniya milliy jamoasi, 17 fevral kuni esa «Shaxtyor» (Soligorsk)ga qarshi bahs belgilangan.
Mavzuga oid

14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze

21:08 / 28.03.2025
Tehron endi qo‘rqinchli emas. O‘zbekistonni mundialga yaqinlashtirgan o‘yin haqida

15:16 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan

17:29 / 22.03.2025