Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YHXBB haydovchilarga murojaat bilan chiqdi

Foto: KUN.UZ
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi barcha yo‘l harakati qatnashchilariga murojaat bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, respublika hududida ob-havo sharoiti o‘zgarib, qor yog‘ib, havo harorati keskin soviganligi ayni vaqtlarda muzlamalarni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli haydovchilardan:
- zaruratsiz transport vositasini ko‘chaga boshqarib chiqmaslikni;
- zarurat bilan chiqqan vaqtda ham belgilangan qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishni;
- gaz va tormoz tepkisini keskin bosmaslikni;
- piyodalarga e'tiborli bo‘lishni, piyodalardan esa yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslikni;
- barcha avtomobil yo‘llarida, shaharlar markazlarida, ayniqsa dovon yo‘llarida yetarlicha past tezlikda harakatlanib, ehtiyotkor bo‘lish so‘ralgan.
«Yana bir bor zaruratsiz avtotransport vositasini ko‘chaga boshqarib chiqmasliklarini so‘raymiz», deya yakunlanadi ma'lumot.
Mavzuga oid

15:10 / 31.07.2025
Yakkabog‘da haydovchilar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi

17:11 / 22.07.2025
“Hayp uchun qildim” - Avtosalon rahbari sinov maqsadida xodimlarining ustiga mashina haydadi

12:30 / 19.07.2025
Yunusobodda 5 kgdan ortiq narkotiklar savdosining oldi olindi

15:49 / 18.07.2025