Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida Lacetti yuk poyezdi bilan to‘qnashdi
Toshkent viloyatida Lacetti yuk poyezdiga to‘qnashib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda «Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli» matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 25 aprel kuni soat 05:55 da Dalaguzar–Nazarbek peregoni, 3367-kilometr 7-piketdagi pereyezdda sodir bo‘lgan. Lacetti 2015-sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashgan.
Qayd etilishicha, bu qo‘riqlanmaydigan pereyezd bo‘lib, kesishmada yo‘l harakatini tartibga soluvchi belgilar va svetofor o‘rnatilgan.
Svetoforning qizil chirog‘i yonib turishiga, to‘xtash signali ishlashiga, hatto to‘xtash belgisiga ham e'tibor bermasdan Lacetti avtomobili haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi oqibatida mazkur holat yuz bergan.
To‘qnashuv paytida tan jarohati olgan avtomobil haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mavzuga oid

12:37 / 15.07.2025
Oqqo‘rg‘onda Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi

11:06 / 15.07.2025
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

16:10 / 01.07.2025