Zelenskiy Putinga ta'rif berishdan bosh tortdi
O‘z navbatida, Putin ham Ukraina prezidentiga ta'rif berishni istamadi.

Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ta'rif berishni rad etdi. U matbuot anjumanida «balandparvoz bayonotlar bilan nizo chuqurlashishiga» sababchi bo‘lsa, o‘zini kechirmasligini aytdi.
«Putin haqida o‘ylashga vaqtim yo‘q. Men faqat urushni tugatadigan uchrashuv to‘g‘risida o‘ylayapman. Shuning uchun Rossiya prezidentiga ta'rif berishga ehtiyotkorlik bilan yondashaman», — dedi Zelenskiy polshalik jurnalistning «Putin to‘g‘risida qanday fikrdasiz?» degan savoliga javoban.
O‘z navbatida, Putin ham Ukraina prezidentiga ta'rif berishni istamadi.
«Bunday savollarga javob berishdan doim qochaman. E'tibor bergan bo‘lsangiz, lavozimini tark etgan sobiq davlat rahbarlariga ham aslo ta'rif bermayman», — dedi u.
Mavzuga oid

16:41
Putin 9 may kuni Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilishini e’lon qildi

18:17 / 27.04.2025
Rossiya dengiz piyodalari va Z-blogerlar Kursk oblastida hamon ukrain harbiylari borligini xabar qildi

21:30 / 26.04.2025
Dafn marosimi va urush

19:46 / 25.04.2025