Toshkent viloyatidagi moy ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan moy ishlab chiqarish sexida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 11 iyun kuni soat 14:43 da Yuqori Chirchiq tumani “Ma'rifat” MFY, Bahor ko‘chasida joylashgan “Eko oil product” MChJ moy ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida binoning taxminan 60 kv.m. maydoniga zarar yetgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida bartaraf etilgan.
Hodisadan tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid

19:04 / 29.04.2025
Xitoydagi restoranda yuz bergan yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

09:01 / 28.04.2025
Mirobod tumanida qurilish mahsulotlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi

15:24 / 27.04.2025
Erondagi portda dahshatli portlash ro‘y berdi

12:18 / 27.04.2025