Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jarqo‘rg‘ondan mol o‘g‘irlagan termizlik yigitlarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidan mol o‘g‘irlagan ikki nafar termizlik yigitga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 10 iyul kuni Jarqo‘rg‘on tumani Oltintepa mahallasida yashovchi, U.Soat tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida, 26 iyundan 27 iyunga o‘tar kechasi «Amuzang» irrigatsiya tizimiga qarashli yerda bog‘langan holda turgan narxi 7 million so‘m bo‘lgan 1 bosh qoramolini o‘g‘irlab ketishganini bildirgan.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘rilikni Termiz shahar Farhod mahallasida yashovchi T.Odil va T.Yunus sodir etgani aniqlanib ushlangan. Ulardan ashyoviy dalil sifatida yo‘qolgan qoramol olingan.
Ta'kidlanishicha, joriy yil 21 iyul kuni T.Odil va T.Yunusga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

12:15 / 15.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi

15:49 / 12.07.2025
Rossiyada Belgoroddagi o‘g‘irlik uchun milliard rubl undirilmoqchi

20:45 / 08.07.2025
UzTest’da katta o‘g‘irlik: Germaniyadan olib kelingan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi

10:11 / 22.06.2025