Kobulda yana uchta portlash sodir bo‘ldi
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Kobul aeroporti yaqinidagi Puli-Suxtab tumanida portlovchi moddalar to‘ldirilgan avtomobil havoga uchgan. Portlashdan so‘ng otishma ovozi eshitilgan.

Foto: AFP
Afg‘oniston poytaxtida yana uchta portlash sodir bo‘ldi. Uchinchi portlash to‘g‘risida Turkiyaning TRT telekanali xabar berdi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Kobul aeroporti yaqinidagi Puli-Suxtab tumanida portlovchi moddalar to‘ldirilgan avtomobil havoga uchgan. Portlashdan so‘ng otishma ovozi eshitilgan.
Al Arabiya telekanali esa Kobul atrofida yana ikkita portlash amalga oshirilgani haqida xabar qildi.
Avvalroq Kobulda ikkita portlash sodir bo‘lgandi - biri aeroportga kirish qismida va ikkinchisi aeroport yaqinidagi mehmonxona oldida. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 40 dan ortiq kishi halok bo‘lib, 130 dan ortiq kishi yaralangan.
IShID ushbu hujumlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi va navbatdagi teraktlar bilan tahdid qildi.
Mavzuga oid

21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi

15:26 / 25.04.2025
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi

13:48 / 23.04.2025
Vladimir oblastidagi harbiy bazada portlash. Asosiy ma’lumotlar

15:42 / 05.04.2025