Endi pulni shifoxonaga emas, bemorga beramiz – Shavkat Mirziyoyev
Farg‘onadagi saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida viloyat tibbiyot tizimi uchun faqatgina davlat budjetidan kelgusi besh yilda 5 trillion so‘m ajratilishini ma'lum qilgan Shavkat Mirziyoyev tibbiyotda yangicha tartib yo‘lga qo‘yilishini bildirdi.

“Xalqimiz sodda, shifokor davlat tomonidan ajratilgan o‘nta doridan uchtasini bersa ham rozi bo‘lib ketaveradi. Endi yangicha tartib joriy qilamiz – pulni shifoxonaga emas, bemorga beramiz.
Kasal bo‘ldimi, hisobiga pul tushiriladi, istagan dorisini olsin, istagan joyida operatsiya qildirsin. Baribir shu pul davlatdan ajratilyapti-ku. Tibbiyotda korrupsiya urchib ketgan, buni men aytmasam, kim aytadi?!” – dedi prezidentlikka nomzod.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev o‘z ma'ruzasida Farg‘onada vodiyda yagona Bolalar kardioxirurgiya markazi tashkil etilib, tug‘ma yurak nuqsoni bor, yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj bolalarni zamonaviy endovaskulyar yo‘l bilan xirurgik davolash yo‘lga qo‘yilishini, bu borada barcha davolash amaliyotlari budjet hisobidan amalga oshirilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid

19:52 / 24.04.2025
Farg‘onada 2 gektar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi

10:37 / 11.04.2025
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi

17:46 / 04.04.2025