Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda 40dan ortiq inson qo‘lbola spirtdan zaharlanib vafot etdi
Bixar 2016 yilda “quruq” shtat deb rasman e'lon qilingan – bu yerda spirtli ichimliklar ishlab chiqarish, sotish va iste'mol qilish butkul taqiqlangan. Ammo shtatda spirtli ichimliklar qora bozori, alkogolli mahsulotlarni yashirincha ishlab chiqarish paydo bo‘lgan.

Foto: Pixabay
Hindistonning Bixar shtatida 29 oktyabrdan buyon qo‘lbola spirt iste'mol qilish oqibatida vafot etganlar soni 42 nafarga yetdi. Economic Times nashrining yozishicha, o‘lim holatlari shtatning spirtli ichimlik sotish taqiqlangan to‘rtta okrugida qayd etilgan.
Shanba kuni Samastipur okrugida qo‘lbola spirt iste'mol qilgan to‘rt kishi vafot etgan. Avvalroq Muzaffarpur okrugida 10 kishi, Gopalganj okrugida 13 va Bettiax shahrida 15 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Bundan tashqari, ushbu okruglarda o‘ttizdan ortiq inson ko‘rish qobiliyatidan ayrilgan, deb yozadi gazeta.
Bixar 2016 yilda “quruq” shtat deb rasman e'lon qilingan – bu yerda spirtli ichimliklar ishlab chiqarish, sotish va iste'mol qilish butkul taqiqlangan.
Ammo shtatda spirtli ichimliklar qora bozori, alkogolli mahsulotlarni yashirincha ishlab chiqarish paydo bo‘lgan.
Qator OAVning tanqidlari va jamoat arboblarining mazkur qonunni bekor qilish haqidagi talablariga javoban shtatdagi hukmron “Janata dal” partiyasi rahbari Lalan Singx alkogolga qo‘yilgan taqiq bekor qilinmasligini aytdi.
“Bizda qotillik qilishni taqiqlovchi qonun bor, ammo hali ham butun dunyoda qotilliklar sodir bo‘lmoqda. Xuddi shu singari Bixarda spirtli ichimliklar sotishni taqiqlovchi qonun saqlanib qoladi”, - dedi u.
Mavzuga oid

20:45 / 23.07.2025
Hindiston talabalarga O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikni tavsiya qildi

12:19 / 23.07.2025
Bloomberg: YeI sanksiyalari Hindistondagi "Rosneft" zavodiga zarba berdi

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

19:30 / 13.07.2025