Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish tartibini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda

Foto: Kun.uz
Moliya vazirligi tomonidan “Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyruq loyihasi ishlab chiqildi.
Pensiya yig‘majildi, pensiya va boshqa to‘lovlarni tayinlashga taalluqli hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek arizalarni ro‘yxatga olish uchun Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olish kitoblari axborot tizimida elektron shaklda yuritiladi (pensionerlarga berilgan guvohnomalarni ro‘yxatga olish kitobi bundan mustasno).
Pensiya yig‘majildining to‘g‘ri rasmiylashtirilishi pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va boshqa to‘lovlarni tashkil qilish shu'basiga yuklanadi. Pensiya yig‘majildini rasmiylashtirish va yuritish yagona tartibiga amal qilinishi ustidan nazoratni olib borish shu'ba mudiriga, umumiy nazorat esa Pensiya jamg‘armasi bo‘limining boshlig‘iga yuklanadi.
Loyiha bilan pensiya, uy-joy - kommunal xizmatlari uchun kompensatsiya pul to‘lovlarini tayinlash, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash, to‘lovni tiklash va boshqalar to‘g‘risidagi arizalarning yangi shakllari taklif qilinmoqda.
Mavzuga oid

16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi

20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi

11:51 / 22.11.2022
“Bitta vazirlik hamma vazirlik ustidan qo‘riqchi bo‘lib turgani bilan ish bitmaydi” - Timur Ishmetov vazirliklar budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashi haqida

15:14 / 21.11.2022