Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Interpol rahbari qiynoqlar qo‘llashda ayblandi
General Ahmad Nosir ar-Raisiy ustidan Fransiya milliy antiterrorizm prokuraturasiga (PNAT) shikoyat berilgan.

Foto: AP
Interpolning yangi prezidenti - general Ahmad Nosir ar-Raisiy Birlashgan Arab Amirliklaridagi mahbuslarga nisbatan qiynoqlar qo‘llash va ularga noinsoniy munosabatda bo‘lishda ayblandi, deb yozadi ABC News.
Xabar qilinishicha, uning ustidan Fransiya milliy antiterrorizm prokuraturasiga (PNAT) shikoyat berilgan. Jabrlanuvchilardan biri Ahmad Mansur “Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi inson huquqlari bo‘yicha markaz” (GCHR) nohukumat tashkiloti orqali ar-Raisiyga qarshi da’vo kiritgan.
Ma’lumot berilishicha, Interpol rahbari Fransiyaning Lion shahrida turadi (bu yerda Interpol bosh qarorgohi joylashgan), bu esa Fransiyada sud jarayonini boshlash uchun yetarli hisoblanadi. Huquq himoyachilarining fikriga ko‘ra, Fransiya hukumati zudlik bilan tergov ishlarini boshlashi kerak.
ABC News nashrining eslatishicha, GCHR ilgari ar-Raisiyga nisbatan shikoyat bergan, ammo shikoyat rad etilgan: o‘sha paytda ar-Raisiy Fransiya hududida istiqomat qilmagan.
Mavzuga oid

20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

23:47 / 08.07.2025
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi

23:33 / 03.07.2025
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi

18:14 / 28.06.2025