Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni bo‘yicha hamon yetakchilik qilmoqda
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p ekani ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Shutterstock
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyun holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 119 tani tashkil etdi.
Qayd etilishicha, faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 465 taga oshgan.
O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni eng yuqori bo‘lgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 2 565 ta korxona.
Keyingi o‘rinlardan 2 013 ta korxonaga ega Turkiya va 2 003 ta korxonaga ega Xitoy joy oldi.
Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni bo‘yicha Qozog‘iston va Koreya ham yetakchi beshtalikdan joy olgan. Mos ravishda, 1 140 ta va 900 ta korxona.
Xorijiy kapital ishtirokida 2022 yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
- Rossiya – 302 ta;
- Turkiya – 151 ta;
- Xitoy – 100 ta;
- Qozog‘iston – 83 ta;
- Koreya – 36 ta.
Mavzuga oid

09:21 / 23.07.2025
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

15:11 / 21.07.2025
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 5,5 milliondan oshdi

15:33 / 18.07.2025
Aholiga tegishli avtomashinalar soni ma’lum qilindi

08:25 / 17.07.2025