Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina va Moldova Yevroittifoqqa kirishga nomzod maqomini oldi
17 iyun kuni Yevrokomissiya Ukraina va Moldovaga Yevroittifoqqa kirishga nomzod maqomi berilishini tavsiya qilgandi.

Foto: Twitter / @vonderleyen
Yevroittifoq yetakchilari Ukraina va Moldovaga ittifoqqa kirishga nomzod maqomini berishga rozilik bildirdi. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi.
17 iyun kuni Yevrokomissiya Ukraina va Moldovaga Yevroittifoqqa kirishga nomzod maqomi berilishini tavsiya qilgan, shu bilan birga bu mamlakatlarda sud va korrupsiyaga qarshi kurash borasida islohotlar o‘tkazilishini talab qilgandi.
Nomzod maqomi – bu Yevroittifoqqa kirishning uzun yo‘lidagi birinchi, ammo ramziy qadam hisoblanadi, deb yozadi Bloomberg. Bu maqomni Turkiya 1999 yil oxirida, Shimoliy Makedoniya — 2005, Chernogoriya 2010, Serbiya 2012 yilda olgan.
Hozirda Yevroittifoqqa a’zo bo‘lgan eng oxirgi davlat Xorvatiya hisoblanadi – u 2013 yilda a’zolikka qabul qilingan, jarayon 10 yil davom etgan.
Mavzuga oid

12:49
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56
AQSh va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

10:32
Germaniyada Zelenskiy ofisi rahbarining sobiq o‘rinbosari uyida tintuv o‘tkazildi

15:28 / 01.08.2025