Flydubai Samarqanddan Dubayga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
Parvoz haftada ikki marta amalga oshiriladi. Kompaniya uchun bu O‘zbekistondagi ikkinchi yo‘nalishdir.

Foto: Getty Images
Flydubai Dubay – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilgani haqida e’lon qildi, deb xabar berilgan kompaniya saytida.
BAAning loukoster aviakompaniyasi ushbu yo‘nalish bo‘yicha 20 sentabrdan boshlab haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari parvoz qiladi. Dubay aeroportida unga 3-terminal xizmat ko‘rsatadi.
Parvoz jadvali (mahalliy vaqt):
- Dubaydan jo‘nab ketish — 22:40, Samarqandga kelish — 2:50;
- Samarqanddan uchish — 4:05, Dubayga yetib kelish — 6:30.
Ekonom klass chiptalari 1800 BAA dirhami – 486 dollar yoki e’lon qilingan kundagi Markaziy bank kursi bo‘yicha 5,32 million so‘mdan sotiladi.
Joylarga buyurtmani flydubai.com saytida, flydubai mobil ilovasi orqali, savdo ofisida yoki aviakompaniyaning sayohat hamkorlari orqali onlayn tarzda amalga oshirish mumkin.
Mavzuga oid

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi

20:42 / 06.05.2025