Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi yakunlanishiga 2 kun qoldi

Foto: Kun.uz
Abituriyentlarning onlayn ro‘yxatdan o‘tishi yakunlanishiga 2 kun qoldi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish:
- Davlat test markazining my.dtm.uz sayti;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali onlayn amalga oshirilmoqda.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa OTMda tashkil etilgan qabul komissiyalarida ro‘yxatga olinmoqda.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 27 iyulga qadar (27 iyul kuni ham) davom etadi.
Abituriyentlar mazkur muddat davomida o‘z ma’lumotlari va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin.
Mavzuga oid

09:41 / 24.07.2025
Bakalavriat uchun testlar to‘liq yakunlanadi

12:07 / 21.07.2025
Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazilish sanasi va vaqti aniq bo‘ldi

10:51 / 21.07.2025
Talabalarni qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi

18:14 / 19.07.2025