Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekinvest kubogi" - yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchidir
Joriy yil 29 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahar "Chavandozlar" maktabida otlarni yo‘rttirish turi bo‘yicha "O‘zbekinvest kubogi" chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Toshkent shahridagi 10 dan ziyod ot sporti maktablaridan 25 nafar chavandozlar ishtirok etishdi.

Foto: O‘zbekinvest
Unga Yevropaning issiq qonli, Germaniyaning gannover hamda milliy qorabayir zotli otlari jalb etildi.
Toshkent shahar chavandozlar orasidagi “O‘zbekinvest kubogi" musobaqalari g‘oliblariga mukofotlarni topshirish marosimida "O‘zbekinvest" EISK AJning Bosh direktori Rustam Azimov, O‘zbekiston Chavandozlar va ot sporti Federatsiyasi raisi Bahrom Gaziyev hamda Chavandozlar maktabi direktori, podpolkovnik Mahmud Mahkamovlar ishtirok etishdi.
Albatta, ushbu mukofotlar yosh chavandozlarning yangi zafarlarni egallashlarida omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbirning Bosh homiyi “O‘zbekinvest” EISK AJ hisoblanadi.
Qisqacha Kompaniya xaqida:
" O‘zbekinvest" eksport import sug‘urta kompaniyasi" AJ sug‘urta bozorining yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, so‘nggi bir necha yil ichida sug‘urta mukofotlarini yig‘ish bo‘yicha reytingning yuqori ko‘rsatkichlarini egallab kelmoqda. "Ahbor Reyting" agentligi 2022 yilda "O‘zbekinvest" EISK AJ ning “uzA++”(eng yuqori moliyaviy ko‘rsatkich) darajasidagi reytingini "barqaror" istiqboli bilan tasdiqladi.
Hozirda “O‘zbekinvest” EISK AJ yurtimiz aholisi uchun 17 turdagi eng ommabop sug‘urta xizmatlarini taklif etmoqda.
Jamiyatning Ustav jamg‘armasi 282,2 mlrd so‘mni tashkil etadi.
"O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasining asosiy maqsadi - yurtimiz aholisi va chet elliklar uchun o‘zining yuqori sifatli sug‘urta xizmatlarini hamyonbop bahoda taklif etish orqali O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozori rivojiga munosib hissa qo‘shishdir.
Reklama huquqlari asosida.
Mavzuga oid

10:00 / 01.08.2025
“O‘zbekinvest”da korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar o‘tkazildi

09:42 / 18.06.2025
"O‘zbekinvest" EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

10:00 / 28.05.2025
«O‘zbekinvest» IUA a’zosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeyini mustahkamladi

10:20 / 19.05.2025