Ilon Mask Tesla Semi yuk mashinasini taqdim etdi
U bir zaryadda 15 tonna yukni 800 kilometr masofaga tashish xususiyatiga ega.

Foto: Reuters
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Nevadadagi Gigafactory zavodida Tesla yuk mashinalarining ikkinchi avlodini taqdim etdi.
Tesla kompaniyasi rahbari yangi yuk mashinasini o‘zi haydagan holda sahnaga chiqdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yuk bilan birga 37 tonna og‘irlikdagi Semi yuk mashinasi bir zaryadda taxminan 800 km masofani bosib o‘tadi. U qariyb 15 tonna yuk tashish imkonini beradi.

Maskning ta’kidlashicha, Semi dizelda harakatlanadigan yuk mashinasidan uch baravar quvvatliroq. Qayd etilishicha, yuk mashinalarining birinchi partiyasi PepsiCo kompaniyasiga yetkazib beriladi. Yuk mashinasi narxi haqida xabar berilmadi.
Tesla kompaniyasi Semi yuk mashinasini 2017 yilda taqdim qilishi lozim edi. Biroq, akkumulyatorni ishlab chiqish bilan bog‘liq muammo tufayli uning taqdimoti 5 yilga kechiktirildi.
Mavzuga oid

17:26 / 11.06.2025
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

15:04 / 09.06.2025
Maskning otasi Moskvada: Ilon xatoga yo‘l qo‘ydi

14:55 / 08.06.2025