Navoiy shahar hokimi fuqaroga avtomobil sovg‘a qildi
Nogironligi bo‘lgan yigitga «Matiz» avtomobili berildi.

Foto: Navoiy shahar hokimligi
Navoiy shahar hokimi Muratxan Egamqulov fuqaroga avtomobil sovg‘a qildi. Bu haqda Navoiy shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shaharning Yangiobod mahallasida yashovchi Dilorom Mamatova Navoiy shahar hokimiga murojaat qilib, eri 1-guruh nogironi, o‘zi 2-guruh nogironi, o‘g‘li 2-guruh nogironi ekanini aytib, 50 million so‘mlik yaxshi, ta’mirtalab bo‘lmagan avtomashina so‘ragan. Ayol 30 yildan beri yotoqxonada yashab kelayotganini, faqat nafaqa hisobiga kun ko‘rayotganini, o‘g‘li nogiron ekanini, faqat haydovchilik qila olishini tushuntirgan.
Oradan 3 kun o‘tgach, Navoiy shahar hokimligida oilaga «Matiz» avtomobili topshirilgan.
Mavzuga oid

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025