Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 50 dan ortiq o‘zbekistonlik qutqarildi
Aqto‘be oblasti hududida yo‘lda to‘xtab qolgan ikki avtobus yo‘lovchilari evakuatsiya qilindi. Bu avtobuslar Moskva yo‘nalishida harakatlangan.

Foto: Qozog‘iston FVV
24 fevral kuni Qozog‘istonning Aqto‘be oblastida ko‘ruvchanlik yomonlashgani tufayli yuk va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari harakati cheklanishi munosabati bilan qutqaruvchilar 93 kishini evakuatsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston FVV xabar bergan.
Evakuatsiya qilinganlar orasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bor.
«24 fevral kuni soat 22:50 da Aytekebi rayoni Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 964-kilometrida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Bishkek-Moskva yo‘nalishidagi Yutong yo‘lovchi avtobusi Qorabutak qishlog‘igacha kuzatib borilgan. O‘zbekiston va Tojikistonning 41 nafar fuqarosi issiqlik punktiga (Markaziy masjid) evakuatsiya qilindi», deyiladi xabarda.
Qutqaruv ishlariga 52 nafar qutqaruvchi va 14 dona texnika jalb qilingan.
Keyingi kuni Moskvaga ketayotgan yana bir yo‘lovchi avtobusdagilar evakuatsiya qilingan.
«25 fevral kuni soat 04:05 da Aqto‘be shahrida Setra rusumli (Chimkent-Moskva) yo‘lovchi avtobusida texnik nosozlik tufayli 54 kishi qishloq masjidiga evakuatsiya qilindi, ularning 52 nafari O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi», deya xabar berdi vazirlik.
Aqto‘be oblasti Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarga ob-havo o‘zgarishlarini hisobga olishni, ob-havo yomonlashgan taqdirda yoki yo‘llarda transport vositalari harakatiga cheklovlar joriy etilganda, yo‘lga chiqmaslikni qat’iy tavsiya qilgan.
Mavzuga oid

20:23 / 03.08.2025
Qozog‘iston janubida 40 gektar maydonda yuz bergan yong‘in o‘chirildi

19:08 / 03.08.2025
Qozog‘iston Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishda davom etadi – To‘qayev

18:33 / 31.07.2025
Qozog‘istondagi ikkinchi va uchinchi AES Xitoy tomonidan quriladi

15:17 / 24.07.2025