Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O‘zbekistonning uch fuqarosi ushlandi
Ularni ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.

Foto: AP
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahri politsiyasi davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O‘zbekistonning uch fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
2022 yilda Rossiyada qidiruvga berilgan 20 yoshli yigit Moskva shahridagi savdo uylaridan birida o‘g‘irlik sodir etgan.
Shuningdek, chegarani noqonuniy kesib o‘tgan 36 yoshli erkak va 2020 yilda firibgarlikda ayblangan 43 yoshli erkak ham ushlangan.
Hibsga olinganlarning barchasi Ostona shahri vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga qamalgan.
Ularni ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.
Mavzuga oid

18:33 / 31.07.2025
Qozog‘istondagi ikkinchi va uchinchi AES Xitoy tomonidan quriladi

15:17 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayg‘oqlarni saqlab qolish bo‘yicha memorandum imzolaydi

15:35 / 23.07.2025
Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?

15:24 / 22.07.2025