«Kremldagilar dunyoni o‘z o‘limi bilan tark etmaydi» - Zelenskiy
Ukraina prezidenti Rossiya rahbariyatining hayoti tabiiy o‘lim bilan yakunlanmasligini aytdi. Rossiya Xavfsizlik Kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev unga haqoratli tarzda javob qaytardi.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy BBC nashriga bergan intervyusida Kreml rahbarlarining dunyoni tabiiy o‘lim bilan tark etish ehtimoli yo‘qligini aytdi.
«Ishoning, Kremldagilarning oxiri yomon bo‘ladi. Rostini aytsam, buni tez tugashini istardim. Lekin ular, albatta, o‘z o‘limi bilan olamdan o‘tmaydi», dedi Zelenskiy.
Zelenskiyga, har doimgidek Rossiya Xavfsizlik Kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev haqoratli tarzda javob qaytardi.
«Yashil kiyimdagi maxluq Kremldagilarga o‘lim tiladi. Kim qanday o‘lishini bilmaymiz, Xudoning irodasi bizga ayon emas. Ammo Kiyevdagi giyohvandning o‘z qo‘li bilan o‘lish imkoniyati bor. Qo‘rqoqlarcha o‘z joniga qasd qilib, tosh qotishi mumkin. Xuddi itning zaharini yutgan Hitler kabi», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
3 may kuni Rossiya prezidenti ma’muriyati Kremlga dron hujumi va Vladimir Putinga suiqasd uyushtirilganini e’lon qilganida, Medvedev ochiqchasiga Zelenskiyni «jismonan yo‘q qilish»ga chaqirgan edi.
«U hatto so‘zsiz taslim bo‘lish to‘g‘risidagi aktni imzolashi ham shart emas. Ma’lumki, Hitler ham uni imzolamagan», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Ukraina tomoni dron bilan Kremlga hujum qilganini rad etib kelmoqda. Zelenskiyning aytishicha, Ukraina «Putinga ham, Moskvaga ham hujum qilmaydi», chunki mamlakatda hatto o‘z hududini himoya qilish uchun qurol yetishmaydi. Ukraina Qurolli kuchlari esa qurollardan «boshqa joyda foydalana olmaydi».
Mavzuga oid

18:20
Qirg‘iziston Rossiyadan S-300 zenit-raketa komplekslarini oldi

17:09
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsxonadan qo‘yib yuborildi

16:59
Kiyev sudi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni sirtdan 15 yilga hukm qildi

16:41