Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda kanalga tushib ketgan Gentra olib chiqildi

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi kanalga Gentra tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 22 iyul kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani «Dehqonobod» MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zang kanaliga Gentra tushib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVB qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va texnika yordamida avtomashinani kanaldan chiqarib olgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Bundan avvalroq Namangan viloyatida Shimoliy Farg‘ona kanaliga tushib ketgan Damas rusumli 2 ta avtomashina olib chiqilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

18:18 / 21.07.2025
Surxondaryodagi bozorda sotuvchi bir guruh shaxslar tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

12:15 / 15.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi

16:05 / 02.06.2025
Ko‘p qavatli uylarda 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

12:13 / 31.05.2025