Avstriya Lavrov YeXHT yig‘ilishiga taklif etilishi mumkinligini ma’lum qildi
Aleksandr Shallenberg tashqi siyosatda pragmatizmni yoqlab, Rossiya TIV rahbari bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi.

Foto: TASS
Avstriya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Skopeda bo‘lib o‘tadigan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) vazirlar kengashi yig‘ilishiga taklif etilishi mumkinligini istisno etmadi. 18 noyabr kuni chop etilgan Avstriyaning Die Presse gazetasiga bergan intervyusida u Lavrovning Shimoliy Makedoniya poytaxtidagi uchrashuvga taklif etilishini to‘g‘ri deb atadi.
Shallenberg Lavrov bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirgan va Yevropani tashqi siyosatga pragmatik va hushyor yondashishga chaqirgan. Avstriya tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
30 noyabr-1 dekabr kunlari tashkilotga raislik qilayotgan Shimoliy Makedoniya poytaxtida YeXHTning 57 davlati tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

12:15
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman

14:28 / 02.06.2025
Lavrov va Rubio Istanbuldagi bo‘lajak muzokaralarni muhokama qildi

14:17 / 29.05.2025
Rossiya Kiyev bilan muzokaralar yangi raundining joyi va vaqtini taklif qildi

14:39 / 24.05.2025