U17 JCh. O‘zbekiston chorakfinalda Fransiyaga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi
Indoneziyada o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati chorakfinalida O‘zbekiston yoshlari fransiyalik tengqurlari bilan to‘qnash kelib, so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan to‘p evaziga mag‘lubiyatga uchrashdi.

Foto: UFA
Shu tariqa Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlari mamlakat tarixidagi eng yaxshi natijani takrorlashdi, ammo yangilay olishmadi — 2011 yili Aleksey Yevstafeyev murabbiyligidagi yoshlar ham chorakfinalda to‘xtashgandi.
28 noyabr kungi yarimfinalda Fransiya Mali-Marokash juftligi g‘olibi bilan o‘ynasa, Argentina Germaniyaga qarshi maydonga tushadi.
U17 JCh. 1/4 final
Fransiya U17 — O‘zbekiston U17 1:0
25 noyabr. Surakarta. «Manahan»
Gol: Buneb (83).
Fransiya U17 — Argni, Zagu, Sanda, Mapiyu, Sangui, Ferro (Silla, 90+2), Buneb, Buabre (Amugu, 71), Bushenna (Gomis, 46), Diallo (Titi, 71), Tinkres (Lamburde, 71).
O‘zbekiston U17 — Muhammadyusuf Sobirov, Aziz To‘lqinbekov, Dilshod Abdullayev (Ozodbek O‘ktamov, 81), Behruz Jumatov, Sherzod Abdulboriyev (Quvonch Abrayev, 89), Muhammadali Raimov, Ollobergan Karimov, Laziz Mirzayev, Yahyo O‘rinboyev (Behruz Karimov, 64), Behruz Shukurullayev (Shodiyor Shodiboyev, 89), Amir Saidov.
Ogohlantirishlar: Behruz Shukurullayev (21), Sangui (26), Behruz Karimov (71), Gomis (79), Zagu (90+5).
Mavzuga oid

15:38 / 10.06.2025
Fransiya Isroildan Madleen bortida ushlangan fransuzlarni zudlik bilan ozod etishni talab qildi

00:05 / 09.06.2025
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi

10:47 / 31.05.2025
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

23:26 / 30.05.2025