Andijonda yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketgan avtobus binoga borib urildi
Andijon shahrida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: Andijon viloyati IIB YHXB
Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtobus binoga borib urilgani tasvirlangan video tarqaldi. Andijon viloyati IIB YHXB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea 6 dekabr kuni soat 23:30 larda Andijon shahri Y.Otabekova ko‘chasida sodir bo‘lgan. 58 yoshli B.R. “Alpomish merosi” MChJga qarashli avtobus transport vositasini mast holatda boshqarib, uxlab qolishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, binoga borib urilgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi hech qanday tan jarohati olmagan, unga nisbatan YPX xodimi tomonidan tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rilgan.
Mavzuga oid

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

14:39 / 13.05.2025
Urganchga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi

10:06 / 13.05.2025
Andijonda Equinox va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH ro‘y berdi

15:08 / 11.05.2025