Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Yangi Namangan tumanida 4 kishi pechkadan tabiiy gaz isi chiqishi oqibatida zaharlanib vafot etdi.
2023 yil 15 dekabrdan 16 dekabrga o‘tar kechasi Yangi Namangan tumanida yashovchi oilaning to‘rt nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
1975 yilda tug‘ilgan M.M, uning turmush o‘rtog‘i 1982 yilda tug‘ilgan K.K. hamda ularning farzandlari - 2004 yilda tug‘ilgan M.M. va 2009 yilda tug‘ilgan X.M. oshxonadagi gaz plita orqali rezina shlang bilan pechkaga ulanib, gaz isi chiqishi oqibatida zaharlanib vafot etgan.
Qayd etilishicha, ularning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy va boshqa turdagi tegishli ekspertizalar tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi, erk xotin va ularning ikki nafar qizi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.
Mavzuga oid

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

14:24 / 14.07.2025