Toshkent-Istanbul yo‘nalishida parvoz qilgan samolyotda yo‘lovchi vafot etdi
Parvoz chog‘ida uning sog‘lig‘i yomonlashgan, ammo birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramay joni uzilgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Marina Lysseva
11 yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent-Istanbul yo‘nalishida parvoz qilgan samolyot Turkiyaning Anqara shahriga favqulodda qo‘ndi.
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasidan ma’lum qilishlaricha, bunga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan. 1946 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi yurak xurujiga uchragan. Unga birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramay, hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
Elchixona vatandoshga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatgani va marhumning jasadi O‘zbekistonga jo‘natilganini bildirdi.
Avvalroq, samolyot parvozi paytida qanday kasalliklar kuchayishi mumkinligi, koronar qon oqimi yomon bo‘lgan odamlar parvozdan o‘zini tiygani ma’qulligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

21:49 / 25.04.2025
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi

19:32 / 25.04.2025
Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi

12:15 / 25.04.2025
Xalqaro arbitraj Turkiya tekstil kompaniyasining O‘zbekistonga nisbatan 700 mln dollarlik da’vosini rad etdi

20:45 / 24.04.2025