Noqulay ob-havo uchta viloyat aholisini elektrsiz qoldirdi
Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarining 10 mingdan ortiq iste’molchisi tarmoqdan uzildi.

Foto: Getty Images
Respublika hududlarida kuchli shamol va yomg‘ir (qor) yog‘ishi oqibatida ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Oqibatda, Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala, G‘uzor, Shahrisabz, Yakkabog‘, Kitob va Qarshi tumanlari qisman (jami 5430 ta iste’molchi); Samarqand viloyatining Nurobod, Pastdarg‘om va Ishtixon tumanlari qisman (jami 3500 ta iste’molchi); Jizzax viloyatining Forish va Sh.Rashidov tumanlari qisman (jami 950 ta iste’molchi) elektr ta’minotidan uzilgan.
Qayd qilinishicha, maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

07:35
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

23:22 / 25.04.2025
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

11:17 / 25.04.2025