SpaceX kompaniyasi Starship kosmik kemasidan ayrilganini e’lon qildi
Sinov parvozi vaqtida kema bilan aloqa uzilib qoldi.

Foto: Josh Dinner / Future
Amerikaning SpaceX kompaniyasi Starship kosmik kemasi bilan aloqa yo‘qolganini ma’lum qildi. Uning uchinchi sinovi bugun ertalab amalga oshirildi, translatsiya kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida olib borildi. Sinov parvozi yakunida kema bilan aloqa uzilib qoldi. Rejaga ko‘ra, u Yer atrofida parvozni amalga oshirishi va Hind okeaniga tushishi kerak edi.
Aloqa parvozning 49-daqiqasida, raketa 77 km balandlikda atmosferaga kirganida uzilib qolgan. Kema Fors ko‘rfaziga yaqinlasha boshladi, ammo kutilgan «qo‘nish» sodir bo‘lmadi. Starship shiddat bilan chayqala boshladi, shunda videoaloqa uzilib qoldi.
Starship birinchi marta rejalashtirilgan parvozini muvaffaqiyatli yakunlashga yaqin edi. Oldingi ikkita sinov raketaning parvoz paytida portlashi bilan yakunlandi. Oxirgi marta, 2023 yilning noyabrida raketa kemadan ajralganidan so‘ng portlagan va u bilan tez orada aloqa uzilgan. Birinchi sinovda raketa havoga ko‘tarilayotganida portlagan edi.
Starship - SpaceX tomonidan ishlab chiqilgan Super Heavy raketasi va Starship kosmik kemasidan iborat o‘ta og‘ir, qayta foydalanish mumkin bo‘lgan ikki bosqichli tizim. Kompaniya kelajakda kema orbitaga uchib, muvaffaqiyatli qaytishini kutmoqda. Kompaniya shuningdek, Starship bilan sayyoralararo parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

17:05 / 24.04.2025
Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent Oq uyda janjallashib ketdi - Axios

10:32 / 23.04.2025
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi

17:37 / 22.04.2025
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi

14:42 / 22.04.2025