Davron Hidoyatov yangi lavozimga tayinlandi
Muqaddam qo‘mita raisi, viloyat hokimi lavozimlarida ishlagan Hidoyatov o‘tgan haftada Chirchiq shahri hokimi lavozimini tark etgandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent viloyati Chirchiq shahrining sobiq hokimi Davron Hidoyatov «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu ma’lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
U bu lavozimda 2020 yil yanvaridan buyon ishlab kelgan va shu kunlarda boshqaruv raisining sotuvni rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Sardor Tajiyevning o‘rnini egallagan bo‘lishi mumkin.
Davron Hidoyatov (1976 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998 yil) va O‘zbekiston bank-moliya akademiyasi (2001) bitiruvchisi. 1996–2004 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida, 2004–2005 yillarda «Osiyo-Invest Bank» (Moskva) boshqaruvi raisi lavozimida, 2005–2009 yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida ishlagan.
2009 yildan 2012 yilgacha GM Uzbekistan kompaniyasining moliya bo‘yicha ijrochi direktori, 2012 yildan 2014 yilgacha MAN Auto-Uzbekistan QK bosh direktori lavozimlarida xizmat qilgan.
2014–2017 yillarda O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish davlat qo‘mitasi raisi, 2017–2018 yillarda Chilonzor tumani hokimi, 2018–2021 yillarda Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Davron Hidoyatov 2021 yil yanvar oyidan Toshkent viloyati hokimi bo‘lgan, o‘sha yil noyabrida ishdan olinib, Chirchiq shahri hokimi lavozimiga tushirilgan edi. 2024 yil mart oyida esa boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan shahar hokimligini tark etgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikalik kardinal yangi Rim papasi etib saylandi
Jahon | 22:32
-
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
O‘zbekiston | 22:21
-
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi
Jahon | 22:17
-
Vatikanda kardinallar yangi Rim papasini sayladi
Jahon | 21:51
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025
IIVda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi, yangi departament tuzildi

11:24 / 06.05.2025