Rossiya shakar eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qildi
Vaqtinchalik embargo loyihasi mart oyida chet elga shakar yetkazib berishning ko‘payishi bilan bog‘liq xavotirlar fonida paydo bo‘lgan edi.

Foto: Getty Images
Rossiya shakar eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qildi. Cheklov 2024 yil 31 avgustgacha amal qiladi. Bu haqda Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligining bojxona quyi qo‘mitasi qarori bilan tanish bo‘lgan manbaga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
Vaqtinchalik embargo loyihasi mart oyida chet elga shakar yetkazib berishning ko‘payishi bilan bog‘liq xavotirlar fonida paydo bo‘ldi. Avgustdan fevral oyining o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda Rossiya boshqa mamlakatlarga avvalgi shu davrga qaraganda uch baravar ko‘p shakar sotdi - 164,3 ming tonnaga nisbatan 442 ming tonna.
Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy mavsumda shakar ishlab chiqarish 6,8 million tonnani tashkil etadi, bu o‘tgan mavsumga nisbatan 9,8 foizga ko‘pdir. Shu bilan birga, ichki iste’mol 6 million tonnaga yaqin. Ishlab chiqarishning ijobiy dinamikasi qand lavlagining yuqori hosili bilan bog‘liq bo‘lib, «Rosstat» ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda 53,1 million tonnani tashkil etdi.
Mavzuga oid

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

12:04 / 25.04.2025
Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik darajasi yuqori emasligi ma’lum bo‘ldi

11:30 / 25.04.2025
Rossiyada «Nord-Ost» terakt ishi bo‘yicha qamalgan shaxs 22 yildan keyin ozodlikka chiqdi

08:37 / 25.04.2025