Dunyoning eng qimmat klublari reytingi e’lon qilindi
Yuqori o‘ntalikda Angliyaning 6 ta klubi joy olgan.

Foto: Sportico
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi dunyoning eng qimmat futbol klublari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Sportico xabar berdi.
Qayd qilinishicha, «Manchester Yunayted»ning qiymati 6,2 milliard dollarga baholangan.
Keyingi o‘rinni Ispaniyaning «Real Madrid» (6 milliard dollar) va «Barselona» (5,2 milliard dollar) klublari egallab turibdi. Yuqori beshtalikda shuningdek, Angliyaning «Liverpul» (5,1 milliard dollar) va Germaniyaning «Bavariya» (4,8 milliard dollar) klublari ham bor.
Sportico reytingi klublarning moliyaviy hisobotlarini chuqur tahlil qilish, shuningdek, futbol biznesi sohasidagi mutaxassislardan olingan ma’lumotlarga asoslanadi.
Mavzuga oid

11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?

10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

12:05 / 22.05.2025