Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Andijon» futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urdi
Superliga 15-turi doirasidagi «Bunyodkor» - «Andijon» (2:0) o‘yinidan keyin andijonliklar futbolchisi Marlen Chobanov Milliy gvardiya tomonidan hibsga olingan.

Foto: Milliy gvardiya
Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xabariga ko‘ra, 11 avgust kuni «Bunyodkor» stadionida o‘tgan «Bunyodkor» - «Andijon» jamoalari o‘rtasidagi bahsni andijonliklar futbolchisi Marlen Chobanov stadionning VIP tribunasida tomosha qilgan. Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, soat 22:05da futbolchi VIP tribuna orqali ichkariga kirishga uringan. Maxsus ruxsatnomaga (beydjik) ega bo‘lmagan fuqarodan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi uning qayerga ketayotganligini, chiqish uchun boshqa yo‘lakdan foydalanishi zarurligini aytgan. Ammo fuqaro Marlen Chobanov harbiy xizmatchining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga qo‘li bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
«Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», - deyiladi Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumlarda Ukrainaning «Obolon», Toshkentning «Paxtakor» va Yaypanning «Turon» klubida faoliyat olib borib, 2024 yilning boshida «Andijon» futbolchisiga aylangandi.
Mavzuga oid

23:09 / 26.07.2025
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025