Toshkentda Spark va Cobalt ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Cobalt ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

Foto: YHXB
YHXB xabariga ko‘ra, holat 23 sentabr kuni soat 09:25 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li—Uzumzor ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan.
1994 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi Cobalt va 2001 yilda tug‘ilgan K.S. boshqaruvida bo‘lgan Spark to‘qnashgan.
YTH natijasida Cobalt yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:41 / 28.04.2025
Qamchiqda Isuzu ishtirokida YTH ro‘y berdi

20:44 / 25.04.2025
O‘zbekistonda yil boshidan buyon 170 dan ortiq kishi YTH sodir etgani uchun qamaldi

11:17 / 25.04.2025
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29 / 25.04.2025