Toshkent viloyatida chuqurga tushib ketgan odam chiqarib olindi
Hozirda fuqaro shifokor nazoratida va ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Foto: FVV
Toshkent viloyatida FVV qutqaruvchilari tomonidan chuqurga tushib ketgan fuqaro chiqarib olingan. Bu haqda viloyat VFB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 2 oktyabr kuni soat 21:45 da G‘azalkent shahar FVBga, Bo‘stonliq tumani Tovoqsoy qo‘rg‘onida joylashgan uylardan biridagi chuqurga ehtiyotsizlik oqibatida odam tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari zudlik bilan joyiga yetib borib, zaruriy qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni chuqurdan chiqarib olgan va birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokor nazoratida.
Mavzuga oid

21:03 / 04.06.2025
“Kilosini 20 ming so‘mdan sotardim” – eshak go‘shti sotib kelgan yigit iqrori

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

17:35 / 28.05.2025
Toshkent viloyatida 40 ta mikro GES quriladi

20:37 / 26.05.2025