Toshkentda "Spark" va "Matiz" to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
10 oktyabr kuni Nurafshon ko‘chasida ikki avtomashina to‘qnashishi oqibatida "Spark" haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. "Spark" ichida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi hamda "Matiz" haydovchisi birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Joriy yilning 10 oktyabr kuni soat 23:30 larda Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1984 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvida bo‘lgan "Spark" rusumli avtomashina va haydovchi, 2004 yilda tug‘ilgan I.T. boshqaruvida bo‘lgan "Matiz" rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
YTH oqibatida "Spark" avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, "Spark" ichida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi hamda "Matiz" avtomashinasi haydovchisi birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

13:02 / 24.04.2025
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

12:03 / 19.04.2025
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi

21:44 / 17.04.2025