Andijon viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Viloyatning oldingi prokurori Ma’rufxon Xo‘jayev joriy yil iyulida «Hududgazta’minot» rahbarligiga o‘tgandi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Murodullo Tog‘ayevich Abduhakimov Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Murodullo Abduhakimov 1981 yilda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan.
Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar (2020 yildan buyon) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Andijon viloyati prokuraturasiga 2023 yil avgustidan buyon rahbarlik qilgan Ma’rufxon Xo‘jayev 2024 yil iyulida «Hududgazta’minot» AJ raisi etib tayinlangandi.
Mavzuga oid

11:53
IIVda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi, yangi departament tuzildi

11:24
Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

16:18 / 01.05.2025
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga rektor tayinlandi

18:58 / 18.04.2025