Bayden prezidentlik saylovida muddatidan oldin ovoz berdi
Ovoz berish uchun Jo Bayden Delaver shtatining Uilmington shahridagi saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.

Foto: AP / Manuel Balce Ceneta
AQSh prezidenti Jo Bayden 28 oktyabr kuni prezidentlik saylovida muddatidan oldin ovoz berdi. Bu haqda CNBC-TV xabar qildi.
Ovoz berish uchun Bayden Delaver shtatining Uilmington shahridagi saylov uchastkasiga tashrif buyurdi. Aynan shu shaharda davlat rahbarining shaxsiy qarorgohi joylashgan.
Bayden saylov uchastkasiga kiraverishda navbatda turdi. Navbati yetgach, yopiq kabinada ovoz berdi. U jurnalistlarga hech qanday izoh bermadi.
AQSh prezidentlik saylovi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Demokratik partiyadan nomzod, AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris va respublikachi nomzod, sobiq prezident Donald Tramp asosiy raqib bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

07:40
Xitoy AQSh ta’minotidan mustaqilligini e’lon qildi

21:22 / 28.04.2025
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

20:47 / 28.04.2025
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy sulh bo‘lishini istaydi – Oq uy

19:29 / 28.04.2025