Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
Bunga yo‘lovchilardan biri – 57 yoshli Italiya fuqarosining qon bosimi ko‘tarilgani sabab bo‘lgan. U Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan.

Foto: Lufthansa
“Lufthansa” aviakompaniyasi samolyoti Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Lufthansa” aviakompaniyasining Myunxendan Shanxayga uchayotgan LH-726 reysi soat 8:13 da Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ngan.
Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining sog‘ligi yomonlashgani, qon bosimining beqarorligi sabab bo‘lgan. 57 yoshli Italiya fuqarosi bort qo‘nganidan so‘ng darhol poytaxt tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan.
Soat 10:04 da LH-726 reysi Toshkent aeroportidan Shanxayga parvozini davom ettirgan.
Mavzuga oid

17:41
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

19:14 / 17.04.2025
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi

16:53 / 11.04.2025