Windows uchun ChatGPT ilovasidan endi barcha foydalanishi mumkin
Ilova Internetga ulanish, fayllarni yuklab olish, rasm yaratish va veb-versiyaning boshqa xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: AP
Oktyabr oyida OpenAI kompaniyasi Windows uchun ChatGPT ish stoli ilovasini chiqardi, u dastlab faqat obunachilar uchun mavjud edi. Endi uni foydalanuvchilar bepul yuklab olishi mumkin.
Bot Alt+Space tugmalar birikmasidan foydalanib ishga tushiriladi. Shuningdek, dasturchilar so‘nggi javobni tezda nusxalash, yon panelni boshqarish, dialog oynasini o‘chirish va boshqa ko‘plab amallarni bajarish imkonini beruvchi tugmalar birikmasini ham qo‘shdi.
Ilova Internetga ulanish, fayllarni yuklab olish, rasm yaratish va veb-versiyaning boshqa xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ish stoli versiyasi hatto kengaytirilgan ovoz rejimiga ega. Ya’ni, chatbotga ovozli savol berish orqali muloqot qilish mumkin. Biroq, bu xususiyat bepul foydalanuvchilar uchun oyiga bir necha daqiqa bilan cheklangan.
ChatGPT ilovasi Windows 10 va Windows 11 uchun mavjud. Uni Microsoft Store onlayn do‘konidan yuklab olish mumkin.
Mavzuga oid

22:14 / 24.04.2025
Amerikalik ayol ChatGPT yordamida o‘zida saraton borligini aniqladi

00:30 / 16.04.2025
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda

18:53 / 15.04.2025
OpenAI sun’iy intellektning GPT‑4.1 bayroqdor modelini taqdim etdi

18:28 / 10.04.2025