Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda avtoraqam 1 mlrd so‘mdan ortiqqa sotildi
Avtoraqamlar onlayn auksionida sotuvga qo‘yilgan 01 888 BBB avtoraqami sotildi.

Foto: avtoraqam.uzex.uz
Avtoraqamlar onlayn auksionida sotuvga qo‘yilgan 01 888 BBB avtoraqami 965 million 250 ming so‘mga sotildi.
Bu avtoraqam uchun savdolar to‘xtagan paytda taklif etilgan eng yuqori narx.
337 million 500 ming so‘m boshlang‘ich narx bilan savdoga qo‘yilgan bu avtoraqamning narxi auksion tugash vaqtiga qadar 965 million 250 ming so‘mga ko‘tarilgan.
Ushbu avtoraqam uchun komissiya to‘lovi 48,7 million so‘m, garov 33,75 million so‘mni tashkil etadi. To‘lovni hisobga olgan holda yakuniy qiymat 1 milliard 14 million so‘mni tashkil etdi.
2023 yilda O‘zbekistonda 01 777 RRR davlat raqami 893 million so‘mga sotilgandi.
Mavzuga oid

22:00 / 17.07.2025
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi

07:53 / 14.07.2025
Moddiy madaniy meros obektlarini ijaraga berish onlayn auksion orqali amalga oshiriladi

12:14 / 13.07.2025
Auksionda sumka 10 mln dollarga sotildi

09:15 / 15.06.2025