Yun Sok Yolning jinoyat ish prokuraturaga oshirildi
Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidentiga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish materiallari prokuraturaga topshirildi. Bu tergov samaradorligini oshirishi aytilmoqda.

Foto: Reuters
Janubiy Koreya Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi (CIO) hokimiyatdan chetlatilgan prezident Yun Sok Yol ishiga oid materiallarni prokurorlarga topshirdi, deb xabar beradi Reuters.
Qayd etilishicha, bu kabi qaror tergov samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan. CIO materiallarga ilova qilingan xulosasida Yun Sok Yolga isyon va hokimiyatni suiiste’mol qilish to‘g‘risidagi ayblovlarni qo‘ygan.
CIO boshlig‘i o‘rinbosari Li Chje Sinning ma’lum qilishicha, shu orqali tergovdagi samaradorlikni oshirishga erishiladi. «Gumonlanuvchi isyon tashkillashtirish kabi jiddiy ayblovda gumonlanayotgan bo‘lsa-da, u hozirga qadar hamkorlikdan bosh tortmoqda, ish jarayonidagi savollarga javob bermayapti va so‘roqlarda qatnashishdan bosh tortyapti», — deydi Li Chje Sin. Yun Sok Yolning advokati o‘z mijozining so‘roqda ishtirok etmayotganini sog‘lig‘idagi muammolar bilan bog‘lagan.
Janubiy Koreya parlamenti 14 dekabr kuni Yun Sok Yolni hokimiyatdan chetlatgan. Bunga davlat rahbari tomonidan 3 dekabr kuni siyosiy raqiblarga qarshi kurashish maqsadida e’lon qilingan harbiy holat sabab bo‘ldi. Yunning qarori jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi va parlament harbiy holatni tezda bekor qildi.
18 yanvar kuni sud Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilgani uchun hokimiyatdan chetlatilgan prezident Yun Sok Yolni rasman hibsga olish uchun order bergandi. Tergovchilar endi Yun Sok Yolni 20 kungacha hibsda ushlay oladi, bunda uning 15 yanvar kuni Seuldagi qarorgohda ushlanganidan keyingi muddati ham hisoblanadi.
Mavzuga oid

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Je In poraxo‘rlikda ayblandi

18:42 / 21.04.2025
Seulda erkak pestitsid purkagich yordamida 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi

16:11 / 20.04.2025
Janubiy Koreya Harbiy-havo kuchlari deyarli barcha parvozlarni to‘xtatdi

08:10 / 19.04.2025