Saudiya Arabistonida og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Saudiya Arabistoniga umra amallarini bajarish uchun kelgan va og‘ir kasallikka chalingan fuqaro oilasi bag‘riga qaytarildi.

Foto: "Dunyo" AA
Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, O.B. o‘tgan yili 15 dekabr kuni umra amallarini ado etish maqsadida Saudiya Arabistoniga kelgan. 31 dekabr kuni umra ibodatlari yakunlab, Makkadan Jidda xalqaro aeroportiga yetib kelganida o‘t pufagidagi og‘riqlar xuruji bois ushbu shahardagi King Abdullah Medical Complex kasalxonasiga joylashtirilgan. Shifoxonada uning buyrak va o‘t pufagida to‘plangan toshlar jarrohlik yo‘li bilan olib tashlangan.
Bemorning o‘g‘li B.A. Bosh konsulxonaga yo‘llagan murojaatida, otasini O‘zbekistonga olib ketish va shifoxona bilan yuzaga kelgan muammolarni hal etishda amaliy yordam berishni so‘rgan.
O‘zbekiston diplomatlari King Abdullah Medical Complex shifoxonasi mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazib, bemorning O‘zbekistonga qaytishi bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirishga amaliy yordam ko‘rsatishdi. Shuningdek, bemorda o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti uchun to‘lov bilan bog‘liq masalalar ham tomonlar o‘rtasida ijobiy hal etildi.
Fuqaro Uzbekistan Airways samolyotida O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.
Mavzuga oid

13:53 / 07.06.2025
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari

17:32 / 04.06.2025
Saudiya Arabistonida Haj qoidasini buzgan 76 ming kishi hibsga olindi

07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

19:00 / 19.05.2025