Toshkentda 8 kg giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda olingan giyohvandlik vositalari 8 kg 303 gramm bo‘lib, bahosi 4 mlrd 317 mln so‘mni tashkil etadi.

Foto: IIBB
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, tezkor tadbirda Ivan ismli shaxs qo‘lga olindi. Uning xonadoni xolislar bilan ko‘zdan kechirilganda katta miqdordagi giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Gumonlanuvchi mazkur giyohvandlik vositalarini internet orqali olib, grammlarga ajratib, yashirish yo‘li bilan tarqatib kelgan.
Olingan giyohvandlik vositalari 8 kg 303 gramm bo‘lib, bahosi 4 mlrd 317 mln so‘mni tashkil etadi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ushbu shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid

00:24
Toshkentda Malibu YPX xodimini sudrab ketdi, Tracker esa chorrahani tartibga solayotgan inspektorni urib yubordi

17:06 / 28.04.2025
“Sudlashib, Toshkentdagi mingdan ziyod daraxtlarni asrab qolganmiz” - ekofaol Alisher Nasimov

20:34 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi

08:50 / 24.04.2025