O‘zbekiston amputantlar jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi
Bangladeshda futbol bo‘yicha amputantlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.

Finalda O‘zbekiston Indoneziya bilan bahs yuritib, raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. Jamoa sardori Abdujamil Shukurov het-trikka erishgan bo‘lsa, Aziz Abdurahmonov dubl qayd etdi. Yana bir gol Qudrat Xudoyqulov hisobiga yozildi.
Shu tariqa O‘zbekiston qit’a chempionatidagi barcha o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozonib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Jamoa guruh bosqichida Indoneziya (8:1), Bangladesh (3:0), Nepal (13:0) va Iroqni (3:0) mag‘lubiyatga uchratgandi.
3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda Iroq mezbonlar ustidan 4:0 hisobida ustun kelib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Mavzuga oid

22:03 / 20.04.2025
Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi

12:49 / 14.02.2025
Chempionlar vatanga qaytishdi

17:48 / 11.12.2024
O‘zbekiston boks bo‘yicha Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi

17:23 / 13.08.2023