O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari rasman o‘rnatildi
Shu mazmundagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilindi. Shu haqdagi qonun prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatilishi haqida Shavkat Mirziyovning 2024 yil aprel oyida Dushanbega rasmiy tashrifi chog‘ida e’lon qilingan edi.
O‘zbekiston rahbari Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvda ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi tarixiy shartnomaning imzolanishi O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarida sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tish ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid

07:34 / 16.04.2025
Xivada O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

16:09 / 15.04.2025
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?

08:57 / 14.04.2025
Tojikistonda uchinchi zilzila yuz berdi

17:43 / 13.04.2025